Iqtisodiyot

Oʻzbekiston benzin importini 7 oyda 54 foizga oshirdi

Oʻzbekiston 2026-yilning yanvar-iyul oylarida benzin importini 54 foizga oshirdi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga tayanib xabar berildi.

Joriy yilning dastlabki yetti oyida mamlakatga jami 710 ming tonna benzin olib kelingan boʻlib, uning umumiy qiymati 426 million dollarni tashkil etgan. Har bir tonna benzinning oʻrtacha narxi 600 dollarga teng boʻlgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida 461,7 ming tonna benzin import qilingan boʻlib, uning qiymati 264,9 million dollarni tashkil etgan edi. Oʻshanda bir tonna benzinning import narxi 575 dollarni tashkil qilgan. Bu shuni anglatadiki, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 2025-yilning mos davriga nisbatan 248,3 ming tonna koʻproq benzin import qilingan.

Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda 614,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 34,5 tonnaga koʻp boʻlsa-da, 2024-yilning dastlabki olti oyidagiga nisbatan 62,7 ming tonnaga kamdir.

Avgust oyi boshida "Oʻzbekneftgaz" AJ 2026-yil yakuniga qadar 1,1 million tonna benzin ishlab chiqarishni rejalashtirganini maʼlum qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.