Dunyo

«Oʻzbekiston barcha bilan munosabatlarni saqlab qolishni istashini aniq bildirdi» — AQSh davlat kotibi

AQSh Markaziy Osiyoda amerika biznesini rivojlantirishdan manfaatdor, ammo mintaqa mamlakatlaridan boshqa davlatlar bilan hamkorlikni cheklashni talab qilmaydi. «Oʻzbekiston hamma bilan doʻst boʻlishni xohlashini ochiq-oshikor bildirdi. Barcha bilan munosabatlarni saqlab qolishni istaydi», — dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio.

«Oʻzbekiston hamma bilan munosabatlarni saqlab qolishni xohlashini aniq bildirdi» — AQSh davlat kotibi

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kim bilan hamkorlik qilishni talab qilmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio 19 oktyabr kuni Registon maydoniga tashrifi chogʻida jurnalistlarga maʼlum qildi.

Bir kun avval Rubio C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida hamda Amerika-Oʻzbekiston biznes va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. U bilan birga mamlakatga 200 dan ortiq yirik Amerika kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

«Biz bu yerga kim bilandir muloqotni toʻxtatishni yoki boshqa biror mamlakat bilan hamkorlik qilmaslikni talab qilish uchun kelmadik… Biz Amerika biznesi va savdosi uchun eshiklarini ochayotgan dunyoning istalgan nuqtasida hozir boʻlishni, koʻzga tashlanishni va hamkorlikka tayyor boʻlishni xohlaymiz. Mohiyat ana shunda», — dedi Rubio Xitoyning mintaqadagi pozitsiyalari faol mustahkamlanayotgani fonida AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga nima taklif qila olishi haqidagi savolga javob berar ekan.

U, shuningdek, AQSh «halol raqobat va teng imkoniyatlar» tarafdori ekanini qoʻshimcha qildi. «Dunyoda Amerika va Amerika biznesi teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyatiga ega boʻlmasligi kerak deb hisoblaydigan hech bir hudud yoʻq. Biz aynan shunga intilamiz», — dedi Rubio.

AQSh davlat kotibi hamma allaqachon Markaziy Osiyoning, xususan, Oʻzbekistonning ahamiyatini anglab yetganini taʼkidladi. U mamlakatning soʻnggi oʻn yillikda iqtisodiy oʻsishda erishgan natijalarini «hayratlanarli» deb atadi.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSh hamkorlik yoʻnalishlarini topishga intilmoqda va buni boshqa biror mamlakatga qarshi qaratilgan qadamlar sifatida koʻrmaydi. «Oxir-oqibat, davlatlar kolganicha koʻproq aloqalarni rivojlantirishga intiladi», — dedi Rubio.

«Oʻzbekiston hamma bilan doʻst boʻlishni xohlashini aniq bildirdi. Hamma bilan munosabatlarni saqlab qolishni xohlaydi. Hamma bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni xohlaydi. Biz ham oʻz manfaatdorligimizni bildirmoqdamiz», — dedi davlat kotibi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.