Oʻzbekiston avtojimxana boʻyicha Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni saqlab qoldi
Uzbekiston terma jamoasi 17–18 oktyabr kunlari Gonkongda boʻlib oʻtgan uchinchi bosqichdan soʻng Asia Auto Gymkhana Championship (AAGC) umumiy hisobida ikkinchi oʻrinni saqlab qoldi. Oʻzbekistonlik sportchilar juftlik musobaqalarida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdilar va milliy federatsiyalar hisobida uchinchi oʻrinni egalladilar. Chempionatning uchinchi bosqichida 11 mamlakatdan 43 nafar sportchi, jumladan 24 nafar erkak va […]

Oʻzbekiston avtodjimxana boʻyicha Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni saqlab qoldi
Oʻzbekiston terma jamoasi 17–18 oktyabr kunlari Gonkongda boʻlib oʻtgan uchinchi bosqichdan soʻng Asia Auto Gymkhana Championship (AAGC) umumiy hisobida ikkinchi oʻrinda qoldi. Oʻzbekistonlik sportchilar juftlik yoʻnalishlarida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritishdi va milliy federatsiyalar hisobida uchinchi boʻlishdi.
Chempionatning uchinchi bosqichida 11 mamlakatdan 43 nafar sportchi, jumladan, 24 nafar erkak va 19 nafar ayol ishtirok etdi. Musobaqada Oʻzbekiston sharafini Dilshod Yusupov, Olim Axmadjanov, Sabina Yusupova va Samina Axmadjonova himoya qilishdi.
Saralash yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning barcha toʻrt vakili yakkalik hisobida top-12 talikka kirdi. Dilshod Yusupov olinchi, Olim Axmadjanov esa oʻninchi natijani koʻrsatdi. Ayollar oʻrtasida Sabina Yusupova toʻqqizinchi, Samina Axmadjonova esa oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi. Ayollar juftlik saralashida oʻzbekistonlik sportchilar uchinchi boʻlishdi.
Shiddatli poygalarda Dilshod Yusupov va Olim Axmadjanov erkaklar oʻrtasidagi juftlik hisobida kumush medallarni qoʻlga kiritishdi. Ayollar juftlik hisobida Sabina Yusupova va Samina Axmadjonova ikkinchi boʻlishdi. Ikkala ekipaj ham kuboklar bilan taqdirlandi.
Aralash juftlik hisobida Dilshod Yusupov va Sabina Yusupova oʻz chiqishlarini toʻrtinchi oʻrinda yakunlashdi. Erkaklar oʻrtasidagi yakkalik musobaqalarida Yusupov shuningdek olinchi oʻrinni egalladi.
Poygalar yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi milliy federatsiyalar (Best ASN) hisobida uchinchi boʻldi. Shu bilan birga, jamoa chempionatning umumiy hisobida ikkinchi pozitsiyani saqlab qoldi.
AAGC mavsumi tugashiga yana ikkita bosqich qolmoqda — Tailand va Taybeyda. Aynan ularning natijalariga koʻra sportchilar va milliy terma jamoalarning yakuniy oʻrinlari aniqlanadi.

