Oʻzbekiston antidemping siyosatini ishlab chiqadi
Prezident farmoni bilan, noyabr oyi oxirigacha antidemping choralarini qoʻllashga doir qonun va hukumat qarori loyihalari ishlab chiqilishi belgilandi. 2023-yil oxirida maishiy texnika importiga antidemping bojlarini oʻrnatish reja qilingan, lekin bu amalga oshmagandi.

Oʻzbekiston antidemping siyosatini ishlab chiqadi
Oʻzbekistonda antidemping choralarini qoʻllashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida qonun hamda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari tayyorlanadi.
Loyihada sifatsiz va demping narxdagi import mahsulotlarga nisbatan antidemping choralarini qoʻllash, shuningdek bojxona boji stavkalarini qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.
Qonun va qaror loyihalari 2026-yil noyabr oyida tayyor boʻlishi kerak.
Bu topshiriq prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga oid farmonda nazarda tutilgan.
Topshiriq ijrosi uchun bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev va boshqalar masʼul etib belgilangan.
– chet eldan keltirilayotgan tovarning sunʼiy ravishda juda arzon narxda sotilishi oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar zarar koʻrayotgan boʻlsa, ularni himoya qilish uchun hukumat qoʻllaydigan savdo choralari demakdir.
2023-yil dekabr oyida bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev boshchiligidagi hukumat komissiyasining bayonnomasi bilan, maishiy texnika importiga taxminan 10 foizlik antidemping bojlari oʻrnatish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi belgilangan edi.
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi 2024-yil yanvar oyida bayonot berib, oʻrganish xulosalariga koʻra antidemping bojini kiritish reja qilinmaganini bildirgan edi.

