Oʻzbekiston aholisi Qirgʻizistondagi zilzila kuchini his qildi

Oʻzbekiston aholisi Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila kuchini his qildi
15 sentyabr kuni ertalab Andijon viloyatining ikkita tumani aholisi yer silkinishini his qildi. Zilzila qoʻshni Qirgʻizistonda yuz bergan.
Xonobod tumanida silkinish kuchi 2–3 ballni, Qoʻrgʻontepa tumanida esa 2 ballni tashkil etdi.
Zilzila soat 06:55 da sodir boʻldi. Uning magnitudasi 3,2, chuqurligi esa 6 kilometrni tashkil etdi. Epitsentr Oʻsh viloyatida, Toshkentdan 334 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

