Oʻzbekiston Afgʻonistonda biznes-missiya oʻtkazadi
Oʻzbekiston qurilish materiallari tarmogʻi korxonalari 19–22 sentyabr kunlari Mozori Sharifda boʻlib oʻtadigan biznes-missiyada ishtirok etishga taklif etiladi.

Oʻzbekiston Afgʻonistonda biznes-missiya tashkil etadi
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston korxonalari 2026 yilning 19–22 sentyabr kunlari Mozori Sharifda boʻlib oʻtadigan Afgʻonistondagi biznes-missiyada ishtirok etishga taklif etiladi. Bu haqda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi xabar bermoqda.
Biznes-missiya «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi rahbarligida Eksportchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Safardan koʻzlangan asosiy maqsad Afgʻoniston bozori imkoniyatlarini oʻrganish hamda mahalliy hamkorlar va potentsial xaridorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishdan iborat.
Missiya doirasida Afgʻoniston biznesi vakillari bilan B2B uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Ishtirokchilar hamkorlik istiqbollari va Afgʻoniston bozoriga mahsulot yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekistondan qurilish materiallari eksportini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Tarmoq korxonalari uchun ushbu safar bozor imkoniyatlarini oʻrganish va potentsial xorijiy hamkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maydonchasiga aylanadi.
Ishtirok etish uchun Afgʻoniston bozoriga chiqish va Afgʻoniston kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan barcha korxonalar taklif etiladi.

