Oʻzbek qilichbozligi afsonasi va MOQ sobiq raisi Sobir Roʻziyev vafot etdi
Sobir Roʻziyev jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini

Oʻzbek qilichbozligining afsonaviy namoyandasi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining sobiq raisi Sobir Roʻziyev 73 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Moskva-1980 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan Sobir Roʻziyev jahon chempionatlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. U shuningdek, «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

