Mahalliy

«Oʻzatom»da Atomchilar shaharchasi qurilishi direktsiyasiga yangi direktor tayinlandi

«Oʻzatom» agentligi huzuridagi «Atomchilar shaharchasini qurish boʻyicha direktsiya» davlat muassasasi direktori etib Bekchanov Siroj Bozor oʻgʻli tayinlandi. Bekchanov Siroj Urganch davlat universitetini tamomlagan. U turli yillarda Xorazm viloyatida elektr energetikasi, iqtisodiyot, qurilish, infratuzilmani rivojlantirish, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish sohalarida masʼul lavozimlarda ishlagan. Xususan, u […]da rahbarlik va yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

«Oʻzatom»da Atomchilar shaharchasini qurish boʻyicha direktsiyaga yangi rahbar tayinlandi

Bekchanov Siroj Bozor oʻgʻli «Oʻzatom» agentligi huzuridagi «Atomchilar shaharchasini qurish boʻyicha direktsiya» davlat muassasasi direktori etib tayinlandi.

Siroj Bekchanov Urganch davlat universitetini tamomlagan. U turli yillarda Xorazm viloyatida elektr energetikasi, iqtisodiyot, qurilish, infratuzilmani rivojlantirish, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish sohalarida masʼul lavozimlarda ishlagan.

Xususan, u tuman va viloyat hokimliklari apparatlarida rahbarlik va yetakchi lavozimlarda mehnat qilib, hududni qurish, infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini nazorat qilgan.

Tayinlovga qadar Siroj Bozor oʻgʻli Bekchanov Xorazm viloyati hokimining qurilish, toʻsiqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Atomchilar shaharchasini qurish boʻyicha direktsiya Jizzax viloyatining Forish tumanida integratsiyalashgan atom elektr stantsiyasini qurish loyihasi doirasida mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun zamonaviy turar joy, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini shakllantirish bilan shugʻullanadi.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad atom sohasi mutaxassislarining yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish, mamlakat energetik xavfsizligini mustahkamlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat.

«Oʻzatom» agentligi jamoasi Siroj Bozor oʻgʻli Bekchanovni tayinlov bilan tabriklaydi va unga faoliyatida muvaffaqiyatlar, belgilangan rejalarni amalga oshirishda hamda Oʻzbekiston atom energetikasini rivojlantirish yoʻlida yangi kasbiy zafarlar tilaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.