Texnologiya

Oʻnlab algoritm oʻrniga bitta SI: «Yandeks» Sonaʼni taqdim etdi

«Yandeks» foydalanuvchilarga tavsiyalar tayyorlash uchun Sona nomli generativ sunʼiy intellekt modelini taqdim etdi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, u mos variantlarni topish va ularni saralash vazifalarini birlashtirib, oʻnlab algoritmdan iborat tizim oʻrnini bosishi mumkin. «Alisa»li aqlli kolonkalardagi bir haftalik sinovda tavsiya qilingan musiqalarni tinglash vaqti 6,3 foizga oshgan.

Oʻnlab algoritmlar oʻrniga bitta SI: «Yandeks» Sonaʼni namoyish etdi

Sona «Yandeks» maʼlumotlari asosida boshidan oʻqitilgan. Uni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazishda «Alisa», «Yandeks Muzyka» muhandislari hamda kompaniyaning tadqiqot va ishlanmalar jamoasi ishtirok etgan.

Anʼanaviy tavsiya tizimlarida vazifalar bir nechta algoritmga bo‘linadi. Ulardan ayrimlari millionlab variant ichidan moslarini topadi, boshqalari esa ularni baholab, qaysi tartibda ko‘rsatilishini belgilaydi.

Sona esa variantlarni tanlash va tartiblashni bitta model yordamida amalga oshiradi.

### Model oldingi tanlovlardan o‘rganadi

Sona foydalanuvchi avval nimalarni tanlagani va qaysi kontentga qayta murojaat qilganini tahlil qiladi. Shu maʼlumotlar asosida u foydalanuvchiga mos kelishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni shakllantiradi.

Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, bunda model tayanuvchi belgilarni qo‘lda tanlashga ehtiyoj qolmaydi.

Yagona modeldan foydalanish tavsiyalar tizimini yangilashni ham osonlashtiradi. Anʼanaviy yondashuvda alohida algoritmlarni qayta oʻqitish va ularni o‘zaro muvofiqlashtirish talab etilsa, Sona bu vazifalarni bitta tizimda birlashtiradi.

### Bir haftalik sinov qanday natija berdi?

Muhandislar Sonaʼni «Alisa»li aqlli kolonkalarda musiqa tavsiya qilish uchun sinab ko‘rgan. Test guruhida o‘nlab algoritmdan iborat odatiy tizim bir haftaga yangi model bilan almashtirilgan.

Kompaniya keltirgan natijalarga ko‘ra: tavsiya etilgan qo‘shiqlarni tinglash vaqti 6,3 foizga oshgan; qo‘shiqni qayta qo‘yish haqidagi so‘rovlar qariyb 18 foizga ko‘paygan; faol tinglovchilar auditoriyasi

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.