Sport

OÇL-2. «Nasaf» öz maydonida «Al-Kuvayt»ga yutqazdi

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi uçinçi öyinini «Al-Kuvayt» (Kuvayt) klubiga qarşi ötkazib, 0:1 hisobida yutqazdi va guruhdan çiqiş imkoniyatini keskin pasaytirdi.

OÇL-2. «Nasaf» o‘z maydonida «Al-Kuvayt»ga yutqazdi

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichining 3-turida «Nasaf» o‘z maydonida «Al-Kuvayt» (Kuvayt) klubini qabul qildi. Ushbu turnir nufuzi bo‘yicha Elit Osiyo Chempionlar Ligasidan keyingi o‘rinda turadi.

28-oktabr kuni Qarshida o‘tkazilgan A guruhi uchrashuvi mezbonlar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Birinchi bo‘limda «Al-Kuvayt» futbolchisi Muhammad Daham hisobni ochdi. «Nasaf» o‘yin oxirigacha bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo raqib darvozasiga gol ura olmadi.

«Nasaf» ushbu natijadan so‘ng 1 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Al-Kuvayt» 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

«Nasaf» turnirdagi navbatdagi o‘yinini 4-noyabr kuni safarda yana «Al-Kuvayt»ga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 turnirida 32 ta klub G‘arb va Sharq mintaqasiga ajratilgan holda 8 ta guruhda ishtirok etmoqda. Guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan klublar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.