Mahalliy

Nurafshonda suv ta’minoti bo‘yicha salkam 14 mlrd so‘m talon-toroj qilib yuborildi

Oqova suv tozalash inshootida amalda bajarilgan 73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini 87,2 mlrd so‘mga bajarilganligi

Nurafshonda suv ta’minoti bo‘yicha qariyb 14 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

«Suv ta’minot va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi» DUK Toshkent hududiy boshqarmasi hamda Toshkent viloyati «Suvoqova» DUK o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, Nurafshon shahrida qurilayotgan oqova suv tozalash inshootida amalda bajarilgan 73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini 87,2 mlrd so‘mga bajarilgan, degan soxta ma’lumotlar rasmiylashtirilib, 13,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.