Nosozlikka ham özi javob beradi: Hyundai va Anduril avtonom kemani sinadi
HD Hyundai va Anduril kompaniyalari Kaliforniya sohillari yaqinida suv siğimi 368 tonna bölgan kemaning avtonom boşqaruv tizimlarini sinovdan ötkazdi. Uç yarim soatlik namoyişda kema vazifalar özgarişi va sunʼiy ravişda yaratilgan uskuna nosozliklariga mustaqil javob beriş qobiliyatini körsatgan.

Nosozlikka ham o‘zi javob beradi: Hyundai va Anduril avtonom kemani sinadi
Sinov uchun avval AQSh Harbiy-dengiz kuchlari foydalangan, keyinchalik ekipajsiz boshqaruvga moslashtirilgan kema tanlandi.
HD Korea Shipbuilding & Offshore Engineering — HD KSOE — uni VAone avtonom boshqaruv majmuasi bilan jihozladi. Anduril esa vazifalarni mustaqil bajarishga mo‘ljallangan Lattice platformasini taqdim etdi.
Ikki tizimning birgalikdagi ishi kemaning dengizdagi vaziyatni hisobga olib harakatlanishi va topshiriq shartlari o‘zgarganda o‘z harakatlarini moslashtirishini namoyish etdi.
Sinovlar davomida safda harakatlanish hamda uskunalar ishdan chiqishi imitatsiya qilingan favqulodda vaziyatlar mashq qilindi. Mutaxassislar kemaning texnik nosozliklar va ehtimoliy shikastlanishlarga qanday javob berishini, bunday sharoitda vazifalar bajarilishini nazoratda saqlay olishini baholadi.
Operatorlar va kuzatuvchilar jarayonni qirg‘oqdagi boshqaruv punktidan masofadan kuzatdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri videotranslyatsiya kema harakatlarini ko‘rish va uning doimiy inson aralashuvisiz ishlashini baholash imkonini berdi.
Namoyish etilgan texnologiyalar kelajakda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari operatsiyalarida qo‘llanishi mumkin. Sinov HD Hyundai va Anduril’ning Amerikadagi ekipajsiz suv usti kemalari dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan.
Kompaniyalar bunday dengiz platformalariga talab ortib borayotgani fonida xalqaro bozordagi faoliyatini ham kengaytirishni rejalashtirmoqda.

