Dunyo

Norvegiya qirolining ahvoli og‘irlashdi

Norvegiya qiroli Haraldning sog‘lig‘i yomonlashdi

AP News xabariga ko‘ra, Norvegiya qiroli Haraldning salomatligi o‘tgan dam olish kunlari yomonlashgan. Bu haqda qirol saroyi ma’lum qildi.

89 yoshli monarx bir necha haftadan beri kasalligi tufayli ta’tilda edi. U bir hafta avval Milliy kasalxonaga yotqizilgan. Yevropadagi eng keksa monarx qonning bakterial infeksiyasi sababli antibiotiklar bilan davolanmoqda.

Qirol saroyining 23-avgust kuni kechqurun xabar berishicha, unga qo‘llanilayotgan muolajalar ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda va ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Hozirda uning o‘g‘li, valiahd shahzoda Haakon qirol o‘rniga vaqtincha davlatni boshqarib turibdi.

O‘tgan haftada saroy qirolning gemolitik anemiya bilan og‘riyotganini va kortizon bilan davolanganini ma’lum qilgan edi. Natijada organizmda suyuqlik yig‘ilib qolgani sababli kasalxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelgan. 1991-yildan beri taxtda o‘tirgan qirol Harald so‘nggi yillarda bir necha bor kasalxonaga tushgan.

Avvalroq AQSH sobiq prezidenti Jo Baydenning prostata bezi saratoni tanasiga tarqab ketgani va ahvoli sezilarli darajada og‘irlashgani haqida xabar berilgandi. Uning o‘g‘li Hanter Baydenning aytishicha, otasi kuchli og‘riqdan azob chekmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.