Texnologiya

Norvegiya dunyoda birinchi boʻlib jamoat joylarida SI-koʻzoynakni taqiqlashni taklif qildi

Norvegiya sunʼiy intellektli koʻzoynaklarni jamoat joylarida taqib yurishni vaqtincha taqiqlamoqchi. Hukumat bunday qurilmalar odamlarni ularning xabarisiz suratga, videoga yoki audioga yozib olish imkonini berishi maxfiylikka tahdid solayotganidan xavotirda.

Norvegiya jamoat joylarida SI-koʻzoynakni taqiqlashni taklif qilgan dunyodagi birinchi davlat boʻldi

Norvegiya hukumati xiyobonlar, sohillar, maktablar, bolalar bogʻchalari va shifoxonalar kabi jamoat joylarida sunʼiy intellektga ega koʻzoynaklarni taqib yurishni vaqtincha taqiqlashni rejalashtirmoqda.

FT nashrining yozishicha, hukumat 5-oktabr kuni tegishli qonun loyihasi tayyorlanayotganini maʼlum qilgan. U yaqin kunlarda parlamentga kiritilishi kutilmoqda.

«Odamlar bexabar suratga olinishi, videoga tushirilishi yoki ovozi yozib olinishi xavfini tugʻdiruvchi yangi qudratli texnologiyaning joriy etilishi xavotir uygʻotmoqda», - dedi Norvegiya raqamlashtirish va davlat boshqaruvi vaziri Torgeyr Mikaelsen.

Uning aytishicha, vaqtinchalik taqiq vaziyatni chuqur oʻrganish va doimiy qoidalarni ishlab chiqish uchun kerak.

Norvegiya hukumati sunʼiy intellektli koʻzoynaklarni butunlay taqiqlash haqida gap ketmayotganini taʼkidladi.

FT qayd etishicha, Norvegiya sunʼiy intellektli koʻzoynaklardan foydalanishga cheklovlarni butun mamlakat boʻylab joriy etishga qaror qilgan dunyodagi birinchi yirik davlat hisoblanadi.

Boshqa darajalarda Norvegiyada bunday qurilmalardan foydalanish allaqachon taqiqlangan, jumladan, Oslodagi maktablarda hamda Equinor neft-gaz korporatsiyasi obyektlarida. Shunga oʻxshash taqiqlar boshqa davlatlarda ham mavjud. Xususan, Meta kompaniyasining sunʼiy intellektli koʻzoynaklari bilan Angliya va Uels sudlariga kirish taqiqlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.