Mahalliy

Norin-Sirdaryo irrigatsiya boshqarmasi mas’uli 11,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

U jabrlanuvchiga Mingbuloq tumani hududidan 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz rasmiylashtirib berishini aytgan.

Norin-Sirdaryo irrigatsiya boshqarmasi mas’uli 11,5 ming dollar bilan ushlandi

Namangan viloyatida yer maydonlarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi X.D. va fuqaro B.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.E.ga Mingbuloq tumani hududidan 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz uning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, 11 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.