Mahalliy

NKMK konida avtoagʻdargich shinasi portlashi oqibatida 2 kishi halok boʻldi

Hodisa 10-sentabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Qizilqum” kon boshqarmasi tarkibidagi Pistali konida sodir boʻlgan. Halok boʻlgan ishchilardan tashqari yana bir necha kishi turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda.

NKMK konida avtoagʻdargich shinasi portlashi oqibatida 2 kishi halok boʻldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati da yana insonlar oʻlimi bilan bogʻliq noxush hodisa yuz berdi.

Maʼlum qilinishicha, 10-sentabr kuni NKMKning “Qizilqum” kon boshqarmasi tarkibidagi Pistali konida avtoagʻdargich shinasi portlab ketgan. Hodisa oqibatida ikki ishchi halok boʻlgan. Shuningdek, yana bir necha kishi turli darajada tan jarohati olgan.

NKMK hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Bu kombinatda soʻnggi 2 oy ichida insonlar oʻlimi bilan bogʻliq ikkinchi hodisa: 21-iyul kuni Muruntov konida avtoagʻdargich yengil avtomobilni bosib, ezib oʻtib ketgan va buning oqibatida 2 nafar ishchi hodisa joyida halok boʻlgandi.

Nurota tumanida joylashgan Pistali konida birinchi portlatish ishlari 2023-yilda amalga oshirilgan.

Konda togʻ jinslari asosan 55, 90 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan Komatsu rusumli avtoagʻdargichlarda tashiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.