Nima uchun go‘dakligimizni deyarli eslay olmaymiz?

Nima uchun go‘dakligimizni deyarli eslay olmaymiz? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh hayvonlarning gippokampidagi neyronlar juda qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, o‘zaro murakkab tarmoq hosil qiladi. Ulg‘ayish jarayonida bu tarmoq siyraklashib, tartibga tushadi va xotiralarni aniqroq shakllantiradi. Olimlar buni bolalik amneziyasi hodisasi bilan izohlaydilar.

Avstriyalik olimlar o‘z tadqiqotlarida xotirani saqlash va qayta tiklashda muhim rol o‘ynaydigan gippokampning CA3 (Ammon shoxi 3) sohasiga e’tibor qaratdilar. Ushbu neyronlar aloqalarni (sinapslarni) mustahkamlash yoki zaiflashtirish qobiliyatiga ega bo‘lib, bu xotira izlarining shakllanishi va o‘chirilishiga asos bo‘ladi.

Tadqiqot jamoasi sichqonlarning miya kesmalarini ularning tug‘ilishi, o‘smirligi va balog‘at yoshida o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, juda yosh hayvonlarda CA3 tarmog‘i juda zich: ko‘plab neyronlar bir-biri bilan deyarli tartibsiz, gipero‘ralgan shaklda bog‘langan. Hayvon ulg‘aygan sari bu tarmoq siyraklashib, tuzilmaviy jihatdan tartibga tushadi: ortiqcha aloqalar “qirqiladi”, qolganlari esa tartibga solinadi. Sezilarli o‘zgarishlar tug‘ilishdan ko‘p o‘tmay boshlanadi va ayniqsa, o‘smirlik davrida yaqqol namoyon bo‘ladi.

“Biz yangi tug‘ilgan chaqaloq miyasi avval o‘ylaganimizdek, tabula rasa, ya’ni “toza taxta” emas, balki tabula plena, ya’ni “to‘ldirilgan taxta” ekanini aniqladik. Vaqt o‘tishi bilan undagi aloqalar siyraklashib, o‘ziga xos tarzda bog‘lanadi”, deya izoh beradi tadqiqot hammuallifi, Avstriya Fan va texnologiyalar instituti neyrobiologi Peter Jonas.

Fiziologik o‘lchovlar shuni ko‘rsatdiki, yosh miyada neyronning reaksiyasi uchun ko‘pincha bitta kirish signalining o‘zi kifoya qiladi. Sinapslar zaif emas, aksincha, juda kuchli va qo‘zg‘aluvchan bo‘lib chiqdi. Voyaga yetgan hayvonlarda esa vaziyat o‘zgaradi: neyronning faollashishi uchun bir nechta mos keluvchi signal zarur bo‘ladi va tarmoq yanada tanlab ishlaydi.

Bunday o‘ta sezgirlikning salbiy tomoni ham bor. Neyronlar juda oson qo‘zg‘alganda, turli hodisalar bir-birini qisman takrorlovchi faollik namunalarini keltirib chiqaradi. Natijada aniq chegaralangan xotiralar o‘rniga xira, o‘ziga xosligi past bo‘lgan “umumiy taassurotlar” shakllanadi. Bu xulq-atvorga oid ma’lumotlarga ham mos keladi: yosh kemiruvchilar qafasning ma’lum bir qismida bir marta yengil tok zarbasini olgach, nafaqat o‘sha joyda, balki har qanday shunga o‘xshash vaziyatda ham qo‘rquvdan qotib qoladi. Xotira mavjud, lekin u aniq emas.

Yosh o‘tishi bilan CA3’dagi tarmoq siyraklashgach, neyronlar yanada talabchan bo‘lib qoladi va ulardan muayyan hodisalarga mos keluvchi alohida barqaror guruhlar shakllanadi. Mualliflar bizdagi “bolalik amneziyasi”ning sabablaridan biri ham aynan shunda, deb taxmin qilishadi: ehtimol, ilk xotiralar dastlab juda noaniq va bir-birini takrorlagani uchun yetukroq va aniqroq tizimda uzoq vaqt saqlanib qolishga qodir emas.

Yonasning fikricha, oldindan mavjud bo‘lgan zich neyron tarmog‘i miyaga rivojlanishning ilk bosqich

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.