Nikoh quriş kamaymodqa: Bu oila quriş qimmatga tuşayotgani bilan boğliqmi?
Özbekistonda nikohlar soni tört yildan beri kamaymoqda: 2022-yilda 296,7 ming, 2023-yilda 283,8 ming, 2024-yilda 271,8 ming, 2025-yilda 267,1 ming nikoh qayd etilgan. Bunga sabab – töy xarajatlari, uy-joy muammosi va iqtisodiy beqarorlik oila qurişni qiyinlaştirayotgan bölişi mumkinligida. Xalqaro tadqiqotlar ham yoşlarning oila va farzandli böliş rejalariga pul taʼsir qilişini körsatadi.

Nikohlar soni kamaymoqda: bu oila qurish qimmatlashgani bilan bog‘liqmi?
O‘zbekistonda 2025-yilda 267,1 mingta nikoh qayd etilgan. Bu 2018-yildagi 311,4 minglik eng yuqori ko‘rsatkichdan 44,3 mingta kam. Nikohlar soni 2021-yildan keyin har yili pasayib borgan: 2022-yilda 296,7 mingta, 2023-yilda 283,8 mingta, 2024-yilda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 267,1 mingtaga tushgan.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi yillardagi barqaror pasayish tendensiyasining davomidir.
Biroq nikohlar soni kamaygani yoshlar oila qurishni istamay qo‘yganini yoki ularning barchasi turmush qurishni kechiktirayotganini anglatmaydi. Buning sabablarini tushunish uchun nikoh statistikasi bilan birga, odamlarning iqtisodiy imkoniyatlari, uy-joyga erishish sharoitlari va oila haqidagi qarashlarini ham ko‘rib chiqish kerak.
Nikohlar soni kamaymoqda, ammo turmush qurish yoshi oshyaptimi?
Oila qurishni kechiktirish haqidagi taxminni tekshirish uchun birinchi marta nikohdan o‘tayotganlarning o‘rtacha yoshiga qarash mumkin. Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda birinchi marta nikohdan o‘tayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6, ayollarniki esa 21,4 yoshni tashkil etgan. 2024-yilda bu ko‘rsatkich erkaklarda 26,2, ayollarda 21,8 yosh bo‘lgan. Demak, so‘nggi yilda birinchi nikohning o‘rtacha yoshi oshmagan, aksincha, biroz pasaygan.
Bu muhim farq. Nikohlar umumiy sonining kamayishi bilan turmush qurish yoshining o‘zgarishi bir xil jarayon emas. Shuningdek, o‘rtacha yoshning bir yilda pasayishi uzoq muddatli tendensiyani to‘liq ifodalamaydi.
Nikohlar soniga aholining yosh tarkibi, mehnat migratsiyasi, taʼlim olish davomiyligi va boshqa demografik omillar ham taʼsir qilishi mumkin. Shu sababli faqat umumiy raqamga qarab, yoshlarning oilaga munosabati haqida qatʼiy xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda nikohni faqat ikki insonning birga yashash haqidagi qarori sifatida ko‘rish qiyin. Ko‘p hollarda bu qaror to‘y marosimi, uning xarajatlari va qarindosh-urug‘ oldidagi ijtimoiy majburiyatlar bilan ham bog‘liq.

