Dunyo

Nigeriyada alkogol ichgan 50 ga yaqin odam vafot etdi

Nigeriyada alkogol ichgan 50 ga yaqin odam hayotdan ko‘z yumdi

Nigeriyada spirtli ichimlik iste’mol qilgan kamida 48 kishi vafot etdi, yana 100 ga yaqini shifoxonada davolanmoqda.

Alkogol tarkibida metanol bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Zaharlanish holatlari Ondo shtatining Odigbo va Irele hududlarida aniqlangan. Jami 182 kishi alkogol sabab zarar ko‘rgan.

“Juma kuni ikki qadahcha alkogol ichib, ko‘chaga chiqdim. Shanba kuni ko‘zim ko‘rmayotganini payqadim”, dedi shifoxonada davolanayotgan 32 yoshli Sola Adebayo.

Afrikadagi aholisi eng ko‘p davlat bo‘lgan Nigeriyada, ayniqsa qishloq hududlarida qo‘lbola tayyorlangan alkogolni iste’mol qilish keng tarqalgan. Bunday ichimliklar arzonroq bo‘lib, ularning ishlab chiqarilishi yetarli darajada nazorat qilinmaydi.

“Spirtli ichimlik iste’molining miqdoriga qarab, buyrak ishdan chiqadi, ko‘z koʻrmay qoladi, miya shikastlanadi”, dedi Ondo shtati sog‘liqni saqlash komissari Banji Ajaka.

Voqea yuzasidan 15 kishi hibsga olingan. Ular orasida tarkibida metanol borligiga shubha qilingan alkogolni ishlab chiqarishda qatnashgan va hozir tergovda politsiyaga yordam berayotgan bir kishi ham bor.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ilk o‘lim holati qariyb ikki hafta oldin qayd etilgan. Nigeriya Oziq-ovqat va dori vositalarini nazorat qilish milliy agentligi hozirda paketlar va kichik plastik idishlardagi alkogolli ichimliklarni mamlakat bo‘ylab taqiqlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.