Nexiaʼdan Cobaltʼgacha: Oʻzbekistonda qaysi yilda qaysi avtomobil eng koʻp ishlab chiqarilgan?
Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 263 731 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 91 140 ta avtomobil bilan Cobalt yetakchilik qilgan. Keyingi oʻrinlarni Damas va Tracker egallagan.

Nexiaʼdan Cobaltʼgacha: Oʻzbekistonda qaysi yilda qaysi avtomobil eng koʻp ishlab chiqarilgan?
Yetti oy davomida 47 521 ta Damas va 25 779 ta Tracker ishlab chiqarildi. Cobaltning jami yengil avtomobillar ishlab chiqarishidagi ulushi qariyb 34,6 foizni tashkil etdi.
Yillar bo‘yicha maʼlumotlarga qaraganda, 2010–2012-yillarda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Nexia bo‘lgan. 2013–2014-yillarda Cobalt birinchi o‘ringa chiqqan, 2015–2016-yillarda esa Nexia yana yetakchilikni qaytarib olgan.
2017–2019-yillarda eng yuqori ko‘rsatkich Nexia 3 hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2020-yildan beri Cobalt birinchi o‘rinni saqlab kelmoqda. Uning taqdim etilgan davrdagi eng yuqori yillik ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 2024-yilda qayd etilgan — 164 887 ta.
Quyida har bir yilda eng ko‘p ishlab chiqarilgan uchta avtomobil keltirilgan. 2026-yil ko‘rsatkichlari faqat yanvar–iyul oylarini, qolganlari esa to‘liq yilni qamrab oladi.
Nexia - 87 100 ta
Matiz - 72 999 ta
Lacetti - 23 917 ta
Nexia - 86 200 ta
Matiz - 57 775 ta
Spark - 28 973 ta
Nexia - 83 573 ta
Matiz - 55 443 ta

