Nepalda GES tunnelidan tirik ishchilar topilmoqda
Soʻnggi kunlarda tunnel ichidan uch nafar ishchi olib chiqildi. Fojianing oʻninchi kunida yana bir ayol oʻz uyi vayronalari ostidan topildi.

Nepalda GES tunnelidan tirik ishchilar topildi
Nepalda vayronkor suv toshqinidan toʻqqiz kun oʻtib ikki ishchi qutqarildi — ular «Trishuli 3A» gidroelektrostansiyasi tunnelida qamalib qolgan edi. Reuters agentligi Nepal armiyasiga tayanib xabar berishicha, ular tunnelga kirish joyidan taxminan 170 metr uzoqlikda topilgan. Jabrlanganlar Katmandudagi harbiy hospitalga olib borilgan. Qutqaruvchilar ularning yonida yana bir kishining jasadini ham aniqlagan.
26-avgust kuni Nepal va Xitoy chegarasidagi togʻli hududda koʻchki yuz bergan, shundan soʻng Trishuli daryosi vodiysi boʻylab loy, tosh va suv aralash kuchli sel oqimi kelgan. Tabiiy ofat uylar, yoʻllar, koʻpriklar va energetika infratuzilmasi obyektlarini vayron qilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 1344 nafarga yetgan, 5 mingga yaqin kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Tabiiy ofat keltirgan zarar 2,56 milliard dollarga baholanmoqda.
Ayniqsa, halokat vaqtida GES hududida boʻlgan odamlar ogʻir ahvolda qolgan: 900 ga yaqin ishchi bedarak yoʻqolgan, rasmiylar ulardan 500 ga yaqini yer osti tunnellarida qolib ketganini taxmin qilmoqda.

