Mahalliy

NeMolchi.uz loyihasi NeUyat26 ko‘rgazmasi uchun arizalar qabulini boshladi

NeMolchi.uz loyihasi zo‘ravonlikni yengib o‘tish, uyat va og‘riqni yengish hamda ichki erkinlikka erishish mavzulariga bag‘ishlangan #NeUyat26 ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun 30-avgustgacha arizalarni qabul qilmoqda. Bu yilgi ko‘rgazma O‘zbekistonning beshta hududi bo‘ylab namoyish etiladi.

O‘zbekistondagi NeMolchi.uz loyihasi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan #NeUyat26 ko‘rgazmasiga ishtirokchilar qabulini boshladi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazma nomi zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan har bir ayol va qizga "Bu uyat emas!" degan asosiy xabarni yetkazishni maqsad qilgan.

Ariza e’lonida shunday deyiladi: "Biz zo‘ravonlikni yengib o‘tish, uyat va og‘riq bilan ishlash, ichki erkinlikka erishish hamda tiklanish mavzularini yoritib beradigan ishlarni qidirmoqdamiz. Ayol rassomlar, illyustratorlar, fotograflar, installyatsiya mualliflari va zamonaviy san’at amaliyotlari tadqiqotchilarini taklif etamiz. Agar siz uchun san’at orqali shaxsiy, ijtimoiy va taqiqlangan mavzular haqida gapirish muhim bo‘lsa — bu makon siz uchun."

Qayd etilishicha, NeUyat — xavfsiz muloqot, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va uzoq vaqt davomida ko‘rinmas bo‘lib kelgan tajribani qayta anglash makoni.

"Bu yil ko‘rgazma katta harakatning bir qismiga aylanadi. Loyiha O‘zbekistonning beshta viloyati bo‘ylab sayohatga chiqadi: Nukusdan boshlanib butun mamlakat bo‘ylab Farg‘ona vodiysigacha," — deydi tashkilotchilar.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun O‘zbekistonda ijod qilayotgan 18 yoshdan oshgan (yuqori yosh chegarasi yo‘q) ayol rassomlar, illyustratorlar, fotograflar, installyatsiya mualliflari va zamonaviy san’at amaliyotlari tadqiqotchilari taklif etilmoqda.

Ishtirok etish istagida bo‘lganlar 30-avgustga qadar elektron shaklda ariza topshirishlari mumkin (havola).

Saralash natijalari 2-sentabr kuni e’lon qilinadi, tayyor ishlarni topshirishning so‘nggi muddati esa 1-oktabr etib belgilangan.

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirilayotgan mazkur ko‘rgazmaning o‘zi 2026-yil 4-oktabrdan 27-dekabrgacha davom etadi.

Oldingi yillarda NeUyat ko‘rgazmalari qanday tashkil etilgani bilan o‘xshash xabarlarda tanishish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.