Nega bir xil kaloriyali ovqat organizmga har xil taʼsir qiladi?
Kaloriyasi va asosiy ozuqa moddalari miqdori bir xil boʻlgan ikki xil taom organizmda turlicha reaksiya uygʻotdi. AQShda oʻtkazilgan tajribada chuqur qayta ishlangan mahsulotlardan tayyorlangan ovqatdan keyin qondagi insulin miqdori kuchliroq va uzoqroq oshgani kuzatildi.

Nega bir xil kaloriyali ovqat organizmga turlicha taʼsir qiladi?
Tadqiqot Virjiniya politexnika instituti huzuridagi Fralin biotibbiy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan oʻtkazilgan.
Tajriba davomida 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan 57 nafar sogʻlom koʻngilli qatnashgan. Olimlar ular uchun har biri 300 kilokaloriyadan iborat ikki xil ovqat tayyorlagan. Taomlardagi oqsil, yogʻ, uglevod, suv va tuz miqdori bir-biriga moslashtirilgan.
Asosiy farq mahsulotlarning qayta ishlanish darajasida boʻlgan.
Bir xil kaloriya — ikki xil ovqat
Birinchi taomlar toʻplami kam qayta ishlangan mahsulotlardan — banan, quritilgan klyukva, pishloq va tuxumdan iborat boʻlgan.
Ikkinchi toʻplamga esa chuqur qayta ishlangan mahsulotlar: yeryongʻoq pastali sendvich, kurka goʻshti mahsuloti, chips, pechene va tez tayyorlanadigan kartoshka pyuresi kiritilgan.
Olimlar shu orqali ovqatning faqat kaloriyasi va ozuqaviy tarkibini hisoblash organizm reaksiyasini oldindan baholash uchun yetarlimi, degan savolni oʻrgangan.
Insulinga taʼsiri qanday boʻldi?
Ishtirokchilarning energiya sarfini aniq oʻlchash uchun maxsus yopiq metabolik kameralardan foydalanilgan. Ovqatlanishdan oldin va keyin ulardan bir necha bor qon namunalari olingan.
Natijalarga koʻra, chuqur qayta ishlangan mahsulotlardan iborat ovqatdan keyin insulin darajasi kuchliroq koʻtarilib, yuqori holatda uzoqroq saqlangan.
Shuningdek, ikki xil ovqat organizmning energiya sarfi va uglevodlardan energiya olish jarayoniga turlicha taʼsir koʻrsatgan. Chuqur qayta ishlangan taomdan keyin ovqatni oʻzlashtirish bilan bogʻliq energiya sarfi yuqoriroq boʻlgan.
Miya reaksiyasi ham oʻrganildi
Tadqiqotning alohida bosqichida ishtirokchilarga taomlar suratlari koʻrsatilgan va funksional magnit-rezonans tomografiya yordamida miya faoliyati kuzatilgan.
Taqdim etilgan xabarga koʻra, olimlar miyaning mukofot hissi, oʻrganish va odatlar shakllanishi bilan bogʻliq sohalarida, jumladan, ventral striatum va undagi

