Dunyo

Nega AQŞda saylovlar aynan seşanba kuni ötkaziladi?

Amerikada umumxalq saylovlari yakşanba - dam oliş kunida emas, seşanba - iş kunida ötkaziladi. Xöş, 180-yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelayotgan saylov anʼanasi ortida qanday tarixiy, siyosiy va amaliy sabablar bor?

Nega AQŞda saylovlar aynan seşanba kuni ötkaziladi?

Amerika Qöşma Ştatlarida prezidentlik va Kongress saylovlari odatda noyabr oyining birinçi duşanbasidan keyingi seşanba kuni ötkaziladi. Qiziq tomoni şundaki, bu sana na konstitutsiyada avvaldan belgilangan, na tasodifan tanlangan. Uning ortida XIX asr Amerikasi hayoti, iqtisodiy şaroiti va siyosiy tajribasi bilan boğliq muhim sabablar yotadi.

Avvaliga AQŞ ştatlari prezidentlik saylovlarini har xil kunlarda ötkazgan. Ayrim ştatlarda ovoz beriş sentabrda, boshqalarida esa oktabr yoki noyabrda bölib ötgan. Bu tartib bir qator muammolarni yuzaga keltirgan.

Masalan, bir ştatda saylov natijalari maʼlum bölib qolgach, boshqa ştatlarda hali ovoz beriş davom etardi. Siyosiy guruhlar bundan foydalanib, saylovçilarga taʼsir ötkazişi, hatto ayrim kişilarning turli joylarda qayta ovoz berishiga imkon tug‘ilishi mumkin edi. Saylov natijalariga tashqi taʼsir va firibgarlik xavfi ham oshardi.

Şu bois AQŞ Kongressi barcha ştatlar uchun yagona saylov kunini belgilashga qaror qildi.

1845-yil 23-yanvarda AQŞning 28-Kongressi maxsus qonun qabul qildi. Qonunga görä, prezident va vitse-prezident saylovçilarini (Electoral College vakillarini) tanlash barcha ştatlarda noyabr oyining birinçi duşanbasidan keyingi seşanba kuni amalga oshirilishi belgilandi.

Bu qonunning asosiy maqsadi saylovlarni bir vaqtda ötkaziş, ştatlar örtasidagi tartibsizliklarning oldini oliş va saylov jarayonining adolatli keçişiga xizmat qiliş edi.

Birinçi umumiy prezidentlik saylovi 1848-yil 7-noyabr kuni aynan şu yangi tartib asosida ötkazildi.

Nega aynan noyabr va nima uchun seşanba?

Bu savolga javob berish uchun XIX asr Amerikasi hayotini tasavvur qiliş kerak. Ösha davrda aholining katta qismi qishloq xöjaligi bilan şuğullangan. Kuzgi hosil yiğib olingan, ammo qishning qattiq sovuqlari hali boshlanmagan noyabr oyi saylov uchun qulay davr hisoblangan. Dehqonlarning ishlari nisbatan kamaygan, saylov uchastkalariga borish imkoniyati esa yaxshiroq bölgan.

Seşanba kunining tanlanishi ham oddiy hayotiy ehtiyojlar bilan boğliq edi.

Ösha davrda avtomobil va zamonaviy transport vositalari yöq edi. Köpçilik saylovçilar ovoz berish uchun uzoq masofalarni ot yoki aravada bosib ötgan. Yakşanba kuni esa xristian jamiyatida diniy ibodat va dam olish kuni hisoblangan. Odamlarning yakşanba kuni yölga chiqishi maʼqul körilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.