Dunyo

Nega antidepressantlar hammaga birdek yordam bermaydi? Yangi tadqiqot izoh taklif qildi

Avstraliyalik tadqiqotçilar depressiyaning organizm içki biologik soati buzilişi bilan boğliq kiçik turi bölişi mumkinligini taklif qildi. 11 mingdan ziyod iştirokçi maʼlumotlari tahlilida uşbu guruhga kiritilgan odamlarda depressiya ertaroq boşlanişi, antidepressantlarning samarasi pastroq va nojöya taʼsirlari köproq bölişi kuzatilgan.

Nega antidepressantlar hammaga bir xil darajada yordam bermaydi? Yangi tadqiqot bunga izoh taklif qildi

Depressiya alomatlari va davolashga javob turli odamlarda bir-biridan ancha farq qiladi. Sidney universiteti neyrobiologlari va psixiatrlari bu tafovutlarning bir qismi sirkad ritmlar — organizmning ichki biologik soati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini o‘rgandi.

Sirkad ritmlar fiziologik jarayonlarning kun va tun almashinuviga mos, taxminan 24 soatlik o‘zgarishlaridir. Ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy tashqi signal yorug‘lik hisoblanadi.

Bu tizim uyqu va uyg‘oqlik, kayfiyat, modda almashinuvi hamda diqqatni jamlashda muhim o‘rin tutadi. Uning buzilishi odamda xuddi bir necha vaqt mintaqasini kesib o‘tgandan keyingi holat — jetlagga o‘xshash charchoq va uyqu muammolari bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

British Journal of Psychiatry jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda 18 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan 11 380 kishiga oid maʼlumotlar tahlil qilingan. Olimlar quyidagi oltita belgidan kamida uchtasi bor ishtirokchilarni sirkad kichik turga ajratgan:

- Kayfiyatning mavsumiy o‘zgarishi.

Belgilar yil fasllariga qarab kuchayishi yoki susayishi.

- Kechki xronotip.

Kech yotish va tungi faollikka moyillik.

- Uyqu vaqtining kechikishi.

Uyqu davrining o‘rta nuqtasi odatdagidan kechroq vaqtga to‘g‘ri kelishi.

- Haddan tashqari uzoq uxlash.

Imkon bo‘lganda odatdagidan ancha ko‘p uxlash.

- Ertalabki holsizlik.

Uyg‘onganda o‘zini dam olmagandek his qilish.

- «Ijtimoiy jetlag».

Organizmning tabiiy uyqu ritmi ish yoki o‘qish jadvaliga mos kelmasligi, hafta davomidagi uyqu yetishmasligini dam olish kunlari qoplashga urinish.

Ushbu mezonlar asosida 2604 kishi — ishtirokchilarning qariyb 23 foizi sirkad guruhga kiritilgan. Bu tadqiqotda qo‘llangan tasnif bo‘lib, belgilarning mavjudligi o‘z-o‘zidan alohida tashxisni anglatmaydi.

Mazkur guruhda depressiya odatda yoshlikda, o‘rtacha 19 yoshda boshlangan. Ayollar ulushi yuqoriroq bo‘lgan, maniya, psixoz va o‘z joniga qasd qilishga moyillik kabi og‘ir klinik belgilar ham ko‘proq qayd etilgan. Depressiv epizodlar davrida vazn ortishiga moyillik ham yuqoriroq bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.