“Neftchi”, “Paxtakor”, “Nasaf” va boshqa qator klublar ishonchli boshqaruvga beriladi
O‘zbekistondagi 11 ta professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinmoqda. Klub xarajatlarining kamida 20 foizini qoplagan tadbirkorlarga qator soliq imtiyozlari, 14 foizli kredit hamda TV reklama uchun 50 foizli chegirmalar taqdim etiladi.

“Neftchi”, “Paxtakor”, “Nasaf” va yana bir qator klublar ishonchli boshqaruvga topshiriladi
O‘zbekiston professional futbol klublari faoliyati bilan bog‘liq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘larini kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga klublarni ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Bunday klublar soni 11 tani tashkil etadi: “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Mash’al”, OKMK, “Paxtakor”.
Qayd etilishicha, klublarni ishonchli boshqaruvga olgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun quyidagi imtiyozlar nazarda tutiladi:

