«Neftchi» Oʻzbekiston kubogini chorakfinalda tark etdi
Musobaqa favoritlaridan biri kutilmaganda Toshkentning «Lokomotiv» klubiga 2:4 hisobida yutqazdi.

«Neftchi» Oʻzbekiston kubogini chorakfinalda tark etdi
Fargʻonaning «Neftchi» jamoasi Oʻzbekiston kubogi chorakfinalidan o‘ta olmadi. Superliganing amaldagi chempioni va peshqadami o‘z maydonida kutilmaganda Toshkentning «Lokomotiv» klubiga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Barcha gollar birinchi taymda kiritildi. Mezbonlar safida Xurshid Gʻiyosov va Abror Ismoilov, mehmonlar tarkibida esa Jasur Yaxshiboyev (2), Bilol Tupliyev va Diyor Turopov gol urdi. Ikkinchi bo‘limda «Neftchi» ustunlikka ega bo‘lsa-da, o‘yinda burilish yasay olmadi.
«Lokomotiv» endi yarimfinalda «Andijon» bilan bahs olib boradi. Yana bir yarimfinalda OKMK klubi «Navbahor» - «Gʻazalkent» uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Gollar: Jasurbek Yaxshiboyev, 11 penalti (0:1), Bilol Tupliyev, 23 (0:2), Jasurbek Yaxshiboyev, 33 (0:3), Xurshid Gʻiyosov, 36 (1:3), Diyorjon Turopov, 43 (1:4), Abror Ismoilov, 45+3 (2:4)

