Mahalliy

Navoiyda Telegram orqali narkosavdo bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh ushlandi

Navoiy viloyatida Telegram messenjeri orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan yirik jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, giyohvand moddalarni "zakladka" usuli bilan mijozlarga yetkazib beruvchi guruh yetakchilari qo‘lga olingan. Jinoyat zanjirining qolgan a’zolarini aniqlash maqsadida ularning yashash joylari va aloqa vositalari tekshirilgan.

O‘tkazilgan maxsus tadbirlar natijasida guruhning 2 nafar "omborchi"si, giyohvand moddalarni yashirib, lokatsiya orqali manzilini yetkazuvchi 2 nafar "zakladchik", 8 nafar narkokuryer hamda ularning 11 nafar mijozi hibsga olingan.

Tadbir davomida 1 kilogrammga yaqin gashish moddasi va iste’mol qilish uchun tayyorlangan vositalar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vyetnam, Janubiy Koreya, BAA va Hindistondan olib o‘tilgan narkotiklar Toshkentga yetib kelganida to‘xtatilgani xabar qilingandi. Boshqa bir holatda esa Namangan va Toshkent viloyatlarida qonunbuzarlar jami 11,7 kg narkotik moddalar bilan ushlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.