Mahalliy

Navoiyda bolalarni muntazam kaltaklab kelgan xususiy bogʻcha tarbiyachisi qamaldi

Tarbiyachi Navoiy shahridagi Amin kids xususiy bogʻchasida ishlagan. U bolalarga tarbiya berish va tartibga solish usuli sifatida ularni kaltaklab, zoʻrlik ishlatgan holda qiynab kelgan. Tarbiyachi sudda turmush oʻrtogʻi bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli doim asabiy holatda yurganini aytib, qilmishiga pushaymonlik bildirgan.

Navoiyda bolalarni muntazam kaltaklab kelgan xususiy bogʻcha tarbiyachisi qamaldi

Navoiyda bolalarni kaltaklab kelgan xususiy bogʻcha tarbiyachisi jinoiy javobgarlikka tortildi.

Sud qaroriga koʻra, 23 yoshli N.E. 2025-yil dekabridan 2026-yil apreligacha Navoiy shahridagi Amin kids xususiy bogʻchasida 1-3 yoshli bolalar guruhida tarbiyachi sifatida ishlagan. U shu guruhdagi 5 nafar voyaga yetmagan bolani kaltaklab, zoʻrlik ishlatgan holda qiynab kelgan. Natijada bolalar yengil tan jarohati olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda uning bolalarga baqirgani, siltab tortgani, urgani va tepganini koʻrish mumkin. Tekshiruvlar davomida u bolalarni muntazam ravishda doʻpposlab kelgani aniqlangan.

N.E. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

“7-aprel kuni bolalarga didaktik oʻyinlarni oʻrgatayotgan vaqtimda yordamchi tarbiyachi yonimda edi. Bolalardan biri gaplarimga quloq solmasdan boshqa bolalarni tishlab, qornidan tepayotganini koʻrdim va qoʻlim bilan uning yelkasidan urib, kiyimidan tortgan holda oʻyin maydonchasiga uloqtirib yubordim.

Shu kuni bolalar televizor tomosha qilib oʻtirganida ikki tarbiyalanuvchining qulogʻidan tortib, tanbeh berdim. Tushlik paytida yana bir bola injiqlik qilavergani uchun yengidan tortib, otib yubordim. Men bolalarni urib, tanbeh berayotganimda yordamchi tarbiyachi videoga olib turganidan xabarim boʻlmagandi”, degan u oʻz koʻrsatmasida.

N.E. turmush oʻrtogʻi bilan oʻrtasidagi oilaviy kelishmovchiliklar sababli doim asabiy holatda yurganini, oilaviy nizolar kayfiyatiga taʼsir koʻrsatganini aytib, suddan yengillik soʻragan.

Sudda kaltaklangan bolalarning ota-onalari jabrlanuvchi sifatida koʻrsatma bergan. Ulardan biri bogʻchadan kelgach oʻgʻlini choʻmiltirmoqchi boʻlganida qoʻl, oyoq va orqasida shilingan jarohatlar borligini koʻrganini, bu haqda tarbiyachidan soʻraganida u “argʻimchoqqa urilib ketganida jarohat olgan boʻlishi mumkin”, deya javob berganini aytgan.

Boshqa ota-onalar ham shunga oʻxshash koʻrsatmalar berishgan.

Holat yuzasidan psixologik tekshiruv tayinlanib, bolalarning tarbiyachi N.E.ga nisbatan reaksiyasiga eʼtibor qaratilgan. Tarbiyachining surati koʻrsatilganda bolalarda qoʻrquv, onasiga intilish kabi reaksiyalar kuzatilgan. Psixolog bolalarda tarbiyachi bilan bogʻliq travmatik holat, psixologik hamda jismoniy zoʻravonlik alomatlari mavjudligi haqida xulosa bergan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.