Layfstayl

Nasiba Abdullayeva bilan kuylagan va Vohidjon Isoqovdan tovuq so‘ragan qizaloq — Vaslida Safarzoda kim o‘zi?

Nasiba Abdullayeva bilan kuylagan va Vohidjon Isoqovdan tovuq so‘ragan qizaloq — Vaslida Safarzoda kim o‘zi?

Tojikistonlik to‘qqiz yoshli qizaloq Vaslida Safarzoda kuylagan “Bari gal” qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Nasiba Abdullayevaning ham e’tiborini tortgan edi. Vaslida tog‘asi bilan “Omon-omon” dasturiga kelib, o‘zining qiziqishlari va iste’dodi haqida so‘zlab berdi.

“Jiyanim tanilib ketishini kutmagan edim”

Nasiba Abdullayevaning qo‘shiqlarini u avvaldan aytib yurardi. Musiqa chiqarish uchun kalish va tapochkalar bilan devorga urib, ohang hosil qilardi va qo‘shiq kuylardi. Men shu holatni videoga olib, Instagram’ga joylayman deb o‘ylagandim. Ammo Vaslidaning videosi bunchalik mashhur bo‘lib ketib, odamlarga yoqishini tasavvur qilmagandim, deydi uning tog‘asi Karomatillo.

“To‘rtta tilda bemalol so‘zlasha oladi”

Ustozi — onasi. Uyda oilaviy inglizcha va ruscha gaplashishadi. O‘zbeklar ham bor, shundan o‘rgangan. To‘qqiz yosh bo‘lishiga qaramay, zehni o‘tkir, xotirasi kuchli. O‘zingizni tanishtirib, ismingizni aytsangiz, ikki yildan keyin ham eslab, aytib bera oladi, deydi u.

“Jiyanim Vohidjon Isoqovdan tovuq berishini so‘radi”

Chegaradan o‘tganimizni eshitgan xonanda Vohidjon Isoqov shu qizchani ko‘rgani boraman deb, kelgan. Orzuying nima deganida, jiyanim “Menga tovuq kerak” dedi. Ertasi kuniyoq Vohidjon Isoqov bir xo‘rozni olib kelib berdi, dedi tog‘asi.

Qizaloq nima sababdan tovuq so‘raganini o‘zi aytdi:

Tovuqni shunchaki so‘radim, menga shular yoqadi, dedi Vaslida va “Jo‘jalarim” bolalar qo‘shig‘ini kuylab berdi.

U “Bari gal” qo‘shig‘ini ijro etishi uchun sozandalardan doira chalib turishlarini so‘radi. Vaslida nafaqat klassik musiqalarni, balki o‘zbek estrada qo‘shiqlarini ham biladi. U Munisa Rizayevaning “Alamim bor” qo‘shig‘ini aytishni yoqtiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.