Siyosat

Narendra Modi Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Narendra Modi Shavkat Mirziyoyev bilan birga Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmon an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Majmua bilan qisqacha tanishuv chog‘ida mehmonga ushbu me’moriy ansamblning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Vazirning tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda tizimli siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, energetika, kimyo, geologiya, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniq dasturlar va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.