Narbayeva va Satyartxi bolalar huquqlarini himoya qilishni muhokama qildilar
Senat matbuot xizmati Tanzila Narbayeva Samarqandda insonparvarlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun Asmita Satyartxi bilan uchrashganini maʼlum qildi.

Narbayeva va Satyartxi bolalar huquqlarini himoya qilish masalasini muhokama qildilar
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Samarqandda oʻtkazilayotgan Parlamentlararo Ittifoq yosh parlament aʼzolarining XII global konferentsiyasi doirasida Satyartxi global rahm-shafqat harakati bosh direktori Asmita Satyartxi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat davomida tomonlar gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdilar.
Bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha tajriba almashish, qoʻshma seminarlar, ekspertlar uchrashuvlari va parlament muhokamalarini tashkil etish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, tomonlar xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, yosh yetakchi ayollarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy yetakchilikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

