Namangandagi tezkor tadbirlarda 15 ta jinoyat fosh etilib, 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi

Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 15 ta jinoyat fosh etilib, qidiruvdagi 6 nafar shaxs qo‘lga olindi
Namangan viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida tezkor tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada 103 nafar shaxs noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelayotgani aniqlandi. Ularning 37 nafarining xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi, 66 nafarida esa ma‘muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tadbirlar davomida 35 ta sovuq qurol topildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalarini saqlash, sotish va yetishtirish bilan bog‘liq 19 ta holat qayd etilib, 400 grammdan ortiq giyohvandlik moddasi hamda 11 tup giyohvandlik o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bundan tashqari, 4 ta o‘qotar va 2 ta pnevmatik qurol, noqonuniy valyuta saqlash bilan bog‘liq bir holat, noqonuniy diniy ta‘lim hamda diniy mazmundagi materiallarni tarqatish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi.
Tezkor tadbirlar natijasida avval ochilmay qolgan 15 ta jinoyat ham fosh etildi. Qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlandi, bedarak yo‘qolgan 2 nafar shaxs topildi.

