Mahalliy

Namanganda 77 yashar fuqaroga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi

U pasporti yo‘qligi sabab pensiya ham ololmay kelgan.

Namanganda 77 yoshli fuqaroga tug‘ilganlik guvohnomasi topshirildi

Namanganda 77 yoshli fuqaroga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi. 1949-yilda tug‘ilgan Rahmanov Tursunboy bu kunni uzoq vaqt kutgan edi. U tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi hamda sobiq Sovet Ittifoqi davrida olgan pasportini yo‘qotib qo‘ygani sababli shu paytgacha O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtira olmagan.

Fuqarolikni tasdiqlovchi zarur hujjatlarga ega bo‘lmagani bois Tursunboy aka shu vaqtgacha nafaqa ham ololmagan. Bu holat uning kundalik hayotida bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan.

Muammoning yechimini izlab, u Namangan tumani FHDYo bo‘limiga murojaat qilgan.

Murojaatchi bilan suhbat chog‘ida uning shu kungacha O‘zbekiston fuqaroligi pasportini olmagani, shuningdek, doimiy yashash manziliga ega bo‘lmagani aniqlangan.

FHDYo bo‘limi xodimlari tomonidan mavjud holat batafsil o‘rganilib, zarur ma’lumotlar to‘plangan. Natijada Tursunboy akaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi takroriy tartibda tiklanib, unga tantanali ravishda topshirilgan.

Endilikda Tursunboy aka mazkur guvohnoma asosida fuqarolik masalasini qonuniy tartibda hal etish yuzasidan sudga murojaat qilishi hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega.

Fuqarolik masalasi hal etilgach, qonunchilikda belgilangan talablar asosida pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlardan foydalanish masalasini ham qonuniy tartibda hal etish imkoniyati yuzaga keladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.