Mahalliy

Namangan va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi

Namangan va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi aniqlandi

Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy ravishda sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.Yo. 938 dona «REGAPEN» dori vositasini 7 700 dollarga sotayotgan paytda ushlangan. Undan qo‘shimcha tarzda yana 1 848 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ham olingan.

Tekshiruv jarayonida M.Yo. dorilarni ilgari sudlangan tanishi M.S. bilan Farg‘ona shahridan sotib olgani ma’lum bo‘lgan. M.Yo. dorilarni belgilangan joylarga yashirish va saqlash bilan shug‘ullangan bo‘lsa, M.S. mijoz topib, sotish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Shuningdek, Baliqchi tumanida fuqaro M.O.ning xonadonidan sotish uchun saqlab qo‘yilgan 308 dona «Regapen» topilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.