Mahalliy

Namangan shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 10 ta elektrobus olib kelindi

Namanganga Xitoyda ishlab chiqarilgan 10 ta Zhongtong elektrobusi olib kelindi. Ular “Otchopar — Chorsu” yo‘nalishida brutto shartnoma asosida yo‘lga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Elektrobuslar 125 ta avtobus xaridi bo‘yicha shartnoma doirasida keltirilgan.

Namangan shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 10 ta elektrobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan 10 ta Zhongtong rusumli elektrobus keltirildi, deb xabar qilinmoqda. Ular “Otchopar — Chorsu” yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Elektrobuslar “Turon-95 MBI” MCHJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 125 ta zamonaviy avtobus xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma doirasida olib kelingan.

Yangi transport vositalarini Namangan shahrining yo‘l-transport bosh rejasiga muvofiq, tender tanlovlari asosida “Otchopar — Chorsu” yo‘nalishiga joylashtirish va qatnovlarni brutto shartnoma asosida tashkil etish rejalashtirilgan.

Yangi elektrobuslarning ishga tushirilishi shaharda ekologik toza va zamonaviy jamoat transporti xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan. Ularning faoliyati bilan bog‘liq yo‘nalishlarda 20 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida viloyatda jamoat transportini modernizatsiya qilish doirasida tadbirkorlar tomonidan Namangan shahri uchun 108 ta zamonaviy avtobus olib kelingan. Ular hozirda 10 ta yo‘nalishda brutto shartnoma asosida xizmat ko‘rsatmoqda.

Bundan avval iyul oyida Namangan shahriga Xitoydan 12 ta Ankai rusumidagi avtobus keltirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 23-iyun kuni viloyat situatsion markazida Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarning hisobotlarini tinglagan, o‘shanda Namangan shahri jamoat transportini rivojlantirish uchun 1-sentabrgacha 90 ta avtobus, 50 ta elektrobus va 30 ta mikroavtobus, 1-iyulgacha esa qo‘shimcha 105 ta elektrobus xarid qilish topshirilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.