Texnologiya

Mutlaqo yangi Kia Seltos O‘zbekistondagi Motorfest 2026 ko‘rgazmasida namoyish etildi

200 ot kuchi, to‘liq g‘ildirakli uzatma va yangi dizayn — ikkinchi avlod zamonaviy shahar krossoveri Kia Seltos Toshkentdagi Motorfest 2026 ko‘rgazmasida taqdim etildi. Model beshta versiyada va 60 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan mavjud.

Mutlaqo yangi Kia Seltos O‘zbekistondagi Motorfest 2026 ko‘rgazmasida taqdim etildi

Yangi Seltos — dadil innovatsiyalar va mukammallikka intilishning uzluksiz ramzi. O‘zbekiston bozori uchun 200 ot kuchiga teng quvvatga ega 1,5 litrli turbinali benzin dvigateli hamda to‘liq yuritma tizimli versiya nazarda tutilgan. Unda klassik yo‘ltanlamasga xos jo‘shqin dizayn nafis interer bilan uyg‘unlashgan. Model jihozlari orasida panoramali tom, proyeksiyali displey va intuitiv tushunarli interfeysga ega keng 27 dyuymli panoramali multimedia displeyi bor.

Bu Kia uchun strategik ahamiyatga ega SUV segmentlaridan biridagi ixcham krossoverning ikkinchi avlodidir. Uning tashqi ko‘rinishida brendning yirik yo‘ltanlamaslariga xos belgilar yanada yaqqol namoyon bo‘lgan: keng radiator panjarasi, brendga xos Star Map yorug‘lik grafikasi va kuzovning aniq chiziqlari ishonchli hamda yuqori texnologik qiyofa yaratadi. Yashirin eshik tutqichlari ko‘rinishni yanada soddalashtiradi, spoyler va ustunlardagi kontrast elementlar esa muallaq tom effektini alohida ta’kidlaydi. Gorizontal va vertikal chiziqlarni uyg‘unlashtirgan orqa chiroqlar avtomobilni vizual jihatdan kengroq ko‘rsatadi.

Qulaylik harakat paytida ham seziladi: yaxshilangan shovqin izolyatsiyasi safarlarni yanada sokin qiladi, kuzovning yuqori bikrligi va takomillashtirilgan osma sozlamalari esa yurishni ravonlashtiradi. G‘ildirak bazasi 2690 mm gacha uzaytirilgani sabab salon yanada keng bo‘ldi.

Avtomobilning harakati shahar ko‘chalarida ham, shahar tashqarisida ham yanada barqaror va oldindan taxmin qilinadigan bo‘lib bormoqda. Bikrligi yuqori kuzov konstruksiyasi va ergonomik xavfsizlik yostiqchalari tizimi to‘qnashuv vaqtida haydovchi hamda yo‘lovchilarni himoya qilishga yordam beradi. Haydovchiga yordam beruvchi ilg‘or tizimlarning to‘liq to‘plami (ADAS) rul boshqaruvida ishonchni oshiradi.

Yangi Kia Seltos uchun ishlab chiqaruvchining kafolati besh yil yoki 150 000 km yo‘l bosishiga — qaysi biri avvalroq yuz bersa, shunga qarab — kafolatli xizmat ko‘rsatish shartlariga rioya qilingan taqdirda amal qiladi.

Yangi Kia Seltos’ni muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilish mumkin:

Minimal oylik to‘lov 2,33 mln so‘mdan boshlanadi.

Xizmat ko‘rsatuvchi hamkor banklar: “O‘zmilliybank” AJ (Markaziy bankining 2021-yil 25-dekabrdagi 22-sonli litsenziyasi), ATIB Ipoteka Bank (Markaziy bankining 2021-yil 25-dekabrdagi 74-sonli litsenziyasi), TBC Bank ATB (Markaziy bankining 2020-yil 11-apreldagi 86-sonli litsenziyasi).

Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.

Yangi Kia Seltos komplektatsiyalari va narxlari:

Komplektatsiyasi

Dvigateli va transmissiyasi

Boshlang‘ich narxi

Luxe D089/D109

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

349 900 000 so‘m

Prestige G224/G253

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

384 900 000 so‘m

Premium G225/G254

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

404 900 000 so‘m

X-Line H093/H096

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

429 900 000 so‘m

X-Line+ H081/H083/H097

1.5 T-GDI, 8AT, AWD

449 900 000 so‘m

Luxe — zarur jihozlar to‘plamiga ega boshlang‘ich versiya:

Prestige — Luxe komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda:

Premium — Prestige komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda; ko‘rinmas hududda avtomobil bilan to‘qnashuvni oldini olish tizimi (BCA); avtomobilni harakatlanish yo‘l tasmasida ushlab turish tizimi (LKA); frontal to‘qnashuvni oldini olish tizimi (FCA 2); yo‘l tasmasida harakatlanish yordamchisi (LFA 2).

X-Line — Premium komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda:

X-Line+ — X-Line komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda — to‘liq yuritma (AWD).

Batafsil ma’lumotlar kia.uz saytida va Kia rasmiy dilerlarida.

Moliyaviy mahsulot bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik iste’molchi uchun moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.