Mahalliy

Mustaqillik bilan tengdosh avlod: ular nimasi bilan farqli?

1991-yil. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Shu yili mamlakatda 723,4 ming chaqaloq tugʻildi va ular bugun 35 yoshda. Mustaqillik davrini bevosita shaxsiy hayotida, taqdirida bosib oʻtayotgan bu avlod avvalgilardan qanday farq qiladi?

Mustaqillik bilan tengdosh avlod: ular nimasi bilan farqli?

1991-yilda tugʻilgan avlodning bolaligi, maktab yillari, kasb tanlashi, oila qurishi va farzandli boʻlishi kabi hayotiy bosqichlari Oʻzbekiston mustaqilligi davriga toʻgʻri keldi. Shu sababli, 1991-yilda tugʻilganlarning hayoti orqali Oʻzbekistonning soʻnggi 35 yildagi oʻzgarishlarini kuzatish mumkin.

**723 mingdan ortiq tugʻilish qayd etilgan yil**

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 1991-yilda Oʻzbekistonda 723,4 mingta tugʻilish qayd etilgan. 2025-yilda esa mamlakatda 879,6 mingta tugʻilish rasmiylashtirilgan.

Bu ikki raqam orasidagi farq sezilarli, chunki 1991-yil boshida mamlakat aholisi taxminan 20,6 million nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2026-yilda bu koʻrsatkich 39 milliondan oshgan.

Aholining joylashuv tarzi ham oʻzgardi: 1991-yil boshida shahar aholisining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 55 foizga yetgan.

Bu raqamlar shuni koʻrsatadiki, 1991-yilda tugʻilgan avlod ulgʻaygan sari mamlakatning oʻzi ham "kattalashib" bordi.

**Bir avlod koʻrgan oʻzgarishlar**

1991-yilda tugʻilgan bola maktab yoshiga yetganida mamlakat mustaqillikning dastlabki yillarini boshdan kechirayotgan edi. Ularning bolaligi hozirgi smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va doimiy internetsiz oʻtgan. Kasseta va disklardan kompyuterlarga, oddiy telefonlardan smartfonlargacha boʻlgan texnologik oʻzgarishlar aynan shu avlodning bolaligi va yoshligi davrida yuz berdi. Bugun esa internet, onlayn xizmatlar, elektron toʻlovlar va ijtimoiy tarmoqlar kundalik hayotning oddiy qismiga aylangan.

Bu jihatdan 1991-yilda tugʻilganlarni ikki dunyo oʻrtasida oʻsgan avlod deyish mumkin: ular internetsiz bolalikni ham biladi, raqamli muhitda esa farzand tarbiyalayapti. Hozirgi bolalar uchun internetsiz dunyo qanday boʻlganini tasavvur qilish qiyin boʻlsa, 1991-yil avlodi bu global transformatsiyani shaxsan boshdan kechirgan.

**Bu avlod uchun nimalar muhim?**

1991-yilda tugʻilganlar sovet davrida shakllangan katta avlod bilan mustaqil Oʻzbekistonda tugʻilib, ulgʻaygan yoshlar oʻrtasidagi oʻtish avlodi boʻldi. Ularning ota-onasi sovet davri odamlari edi, bu avlod uchun esa mustaqillik davri – ularning butun hayoti kechgan muhit. Ular shu davrda maktabga bordi, kasb tanladi, oliy taʼlim oldi, birinchi ishiga joylashdi va oila qurdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.