Iqtisodiyot

Murojaatlar ortida inson manfaatlari bor

Mikrokreditbank tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi

Murojaatlar zamirida inson manfaatlari mujassam

Mikrokreditbank tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Ushbu murojaatlarning 3 057 tasi belgilangan muddatdan oldin, 404 dan ortig‘i esa belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqildi.

Buni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar soni kamaygani ham tasdiqlaydi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri davomida respublika bo‘yicha Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 657 taga kamaygan.

Shu bilan birga, sohada amalga oshiriladigan ishlar hali talaygina.

Albatta, murojaatlar kelayotgan hududlar kesimida ma’lumotlar tahlil qilinib, masalaning kelib chiqish sabablari ham o‘rganib borilmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda aholi va tadbirkorlar ishtirokida 184 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 1,5 mingga yaqin aholi va tadbirkorning murojaatlari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur sayyor qabullar davomida 1375 ta murojaat ijobiy hal etilib, shundan 1188 nafariga 37,5 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratilgan bo‘lsa, 119 nafar murojaat muallifiga huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, bank Boshqaruvi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan 63 ta uchrashuv va ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlarda kelib tushgan 635 ta murojaatning 625 tasi ijobiy hal etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Mikrokreditbank tizimida aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Zero, har bir murojaat ortida inson manfaati bor, uni ta’minlash esa har birimizning vazifamizdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.