Muqaddam sudlangan Xalq qabulxonasi xodimi xizmat xonasida ushlandi
U 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun fuqaro X.O.ga ajratib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga

Muqaddam sudlangan Xalq qabulxonasi xodimi xizmat xonasida qo‘lga olindi
Namangan shahrida Xalq qabulxonasi xodimi ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Namangan shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi X.D. (muqaddam sudlangan) Yangi Namangan tumani hududidagi 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun fuqaro X.O.ga ajratib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

