Iqtisodiyot

Muomaladagi naqd pul miqdori 76 trln soʻmdan oshdi. Bu nimani anglatadi?

1-avgust holatiga Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pullar hajmi 76,3 trln soʻmni tashkil qildi. Bu rekord koʻrsatkichdir. Naqd pullar absolyut miqdorda sezilarli darajada oʻsayotgan boʻlsa-da, uning umumiy pul massasidagi ulushi izchil kamayib boryapti. 2013-yilda naqd pulning umumiy massadagi ulushi 23,6 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 18,9 foizga, 2026-yil avgustiga kelib esa 17,5 foizgacha pasaygan.

Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori 76 trillion soʻmdan oshib, rekord darajaga yetdi. Bu holat nimani anglatadi?

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda keng maʼnodagi pul massasi iyul oyida 9,4 trillion soʻmga koʻpayib, 1-avgust holatiga 434,5 trillion soʻmga yetgan.

Xususan, milliy valyutadagi pul massasi 7,3 trillion soʻmga oshib, 361,2 trillion soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, chet el valyutasidagi depozitlar qoldigʻi 2 trillion soʻmga, tor maʼnodagi pul massasi esa 1,4 trillion soʻmga koʻpaygan.

**Tor maʼnodagi pul massasi** iqtisodiyotda eng tez va oson sarflash mumkin boʻlgan pullarni anglatadi. Unga odatda aholi va korxonalarning naqd pullari, shuningdek, banklardagi talab qilib olinguncha depozitlar (istalgan paytda yechib olish yoki toʻlov qilish mumkin boʻlgan mablagʻlar) kiradi. Bu mablagʻlar kundalik xaridlar, xizmatlar uchun toʻlovlar va tezkor moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi.

**Keng maʼnodagi pul massasi** esa iqtisodiyotdagi barcha naqd va naqdsiz pul mablagʻlarini, shu jumladan toʻplangan jamgʻarmalarni ham toʻliq qamrab oluvchi koʻrsatkichdir. Bu tor maʼnodagi pul massasiga qoʻshimcha ravishda jismoniy va yuridik shaxslarning milliy hamda xorijiy valyutadagi muddatli va jamgʻarma depozitlarini oʻz ichiga oladi. Garchi muddatli omonatlarni darhol naqd pulga aylantirib yoki toʻlovga yoʻnaltirib boʻlmasada, ular iqtisodiyotdagi umumiy xarid qobiliyati, investitsion salohiyat va aholining moliyaviy zaxiralarini aks ettiradi. Markaziy banklar inflyatsiya va iqtisodiy oʻsishni prognoz qilishda asosan shu koʻrsatkichga tayanadi.

**Naqd pullar qoldigʻi – 76,3 trillion soʻm**

Iyul oyida muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldigʻi 1 trillion 25 milliard soʻmga koʻpayib, 1-avgust holatiga 76,3 trillion soʻmni tashkil etgan. Bu rekord koʻrsatkichdir. Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldigʻi 7,8 trillion soʻmga oshgan.

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar esa yil davomida 35,1 trillion soʻmga, iyul oyida esa 5,9 trillion soʻmga koʻpaygan.

Muomaladagi naqd pullar mutlaq miqdorda sezilarli darajada oʻsayotgan boʻlsa-da, uning umumiy pul massasidagi ulushi izchil kamayib bormoqda. 2013-yilda naqd pulning umumiy massadagi ulushi 23,6 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 18,9 foizga, 2026-yil avgustiga kelib esa 17,5 foizga pasaygan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.