Moʻgʻuliston prezidenti Oʻzbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi
Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Ulan-Bator shahrida oʻtkazilayotgan COP17 konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi. Unga Oʻzbekiston prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.

Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Ulan-Batorda boʻlib oʻtayotgan COP17 anjumani doirasida Oʻzbekistonning milliy pavilyoniga tashrif buyurdi. Unga Oʻzbekiston Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, shuningdek, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.
Tashrif chogʻida Moʻgʻuliston Prezidentiga Oʻzbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishi va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Uxnaagiyn Xurelsux Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni hamda ekologik muammolarni hal etish borasidagi saʼy-harakatlarni yuqori baholadi. Bundan tashqari, u ekologik va iqlim muammolarini bartaraf etishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini taʼkidladi.

