Iqtisodiyot

Mozori-Sharifda Farg'ona savdo uyi ochildi

Balh viloyatining Mozori Sharif shahrida Farg‘ona viloyati Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, ikki hududning rasmiy vakillari hamda tadbirkorlari ishtirok etdi.

Mozori-Sharifda Farg‘ona savdo uyi ish boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Balx viloyatining Mozori-Sharif shahrida Farg‘ona viloyati Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, shuningdek, ikki hududning rasmiy vakillari va tadbirkorlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidladi.

Mozori-Sharif shahrida Farg‘ona savdo uyining ochilishi ana shu hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, ikki tomon ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Savdo uyini tashkil etishga yordam bergan "Kamal Nabizada Ltd" kompaniyasiga minnatdorchilik bildirildi.

Mazkur savdo uyi Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlarni Afg‘oniston bozoriga keng joriy etish, eksport hajmini oshirish hamda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsion aloqalarni rivojlantirish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi.

Savdo uyida Farg‘ona viloyatining 240 dan ziyod korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etilmoqda. Shuningdek, bu yerda Farg‘ona viloyati vakillari doimiy faoliyat yuritib, afg‘on hamkorlardan buyurtmalar qabul qiladi va eksport shartnomalarini tashkil etishga ko‘maklashadi.

Tadbir ishtirokchilari savdo uyi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida Farg‘ona viloyati tomonidan Mozori-Sharif shahridagi Abu Ali ibn Sino Balxiy shifoxonasiga zamonaviy tibbiy jihozlardan iborat insonparvarlik yordami topshirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.