Mourinyo Bernardu Silvaning jismoniy holatidan norozi bo‘ldi

Mourinyo Bernardu Silvaning jismoniy holatidan noroziligini bildirdi
"Real" klubining bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning yangi yarimhimoyachisi Bernardu Silva 2026/27-yilgi mavsum boshlanishiga qadar o‘z jismoniy holatini yaxshilashi zarurligini ta’kidladi.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, Mourinyo futbolchining ta’tildan keyingi holati haqida shunday fikr bildirgan: "Bernardu biz uchun juda muhim o‘yinchi, ammo u ta’til paytida mutlaqo hech narsa qilmasdan dam oladiganlar toifasiga kiradi. Dam olish vaqtida hech narsa qilmaslik uning o‘zi uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo aynan shu sababli u ta’tildan yomon jismoniy holatda qaytadi. Hozir u tezroq formasini tiklab olishi kerak. Silva — orqaroqdan harakat qilib, hujumlarni tashkil etishda bizga katta yordam bera oladigan ajoyib futbolchi."
Ma’lumot uchun, Silva 2025/26-yilgi mavsum yakunlangach, shartnomasi tugagani sababli "Manchester Siti"ni tark etdi. 31 yoshli portugaliyalik futbolchi iyun oyida Madrid klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2028-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan. U "shaharliklar" sharafini 2017-yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi.
Yarimhimoyachi Angliya klubi bilan 6 marta Angliya Premyer Ligasi, 5 marta Liga Kubogi va 2 marta Angliya kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u jamoa bilan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchgan.

