Siyosat

Moskvada Rossiyadagi oʻzbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Andrey Kikot, bosh prokuror oʻrinbosari Pyotr Gorodov va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan ishchi uchrashuv oʻtkazdi.

Moskvada Rossiyada istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklarning huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev, Migratsiya agentligi direktori Bexzod Musayev, Rossiyadagi elchi Botirjon Asadov, bosh konsul Mexriddin Xayriddinov va maslahatchi Baxodir Nazarov kirdi.

Uchrashuvda Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari, jumladan, ularning hibsga olinganligi haqida Oʻzbekiston tomonini oʻz vaqtida xabardor qilish, migratsiya tadbirlari davomida ularning huquqlariga rioya etilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolar boʻyicha tezkor hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi.

Nazorat qilinuvchi shaxslar reyestri bilan bogʻliq masalalar, shuningdek, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar toifasining huquqiy maqomini tartibga solish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkiliy ravishda ishga joylashtirish, ularni kasbiy va joʻnab ketishdan oldingi tayyorgarlikdan oʻtkazish, shuningdek, migratsiya tartib-taomillarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.