Moskvada oʻzbekistonlik terrorchilikni moliyalashtirganlik uchun toʻqqiz yilga hukm qilindi

Moskvada Oʻzbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirganlik uchun toʻqqiz yilga hukm qilindi
Rossiya poytaxtida 61 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi «Hizb ut-Tahrir al-Islomiy» terroristik tashkiloti hisob raqamlariga pul oʻtkazganlikda aybdor deb topildi. Erkak aybiga toʻliq iqror boʻldi.
Hukmni Moskvaning 2-Gʻarbiy okrug harbiy sudi chiqardi. TASS xabariga koʻra, Rossiya poytaxtida yashagan erkak mobil ilova orqali tergov tomonidan tashkilot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq deb topilgan maqsadlarda pul oʻtkazgan.
Sud erkak radikal islom mafkurasini baham koʻrgani va «Hizb ut-Tahrir al-Islomiy» aʼzosiga moliyaviy yordam koʻrsatishga qaror qilganini aniqladi.
Sud majlisida erkak qoʻyilgan ayblovlarni inkor etmadi va pul oʻtkazmalari holatlarini tasdiqladi.
Sud unga toʻqqiz yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. U dastlabki uch yilni qamoqxonada, qolgan olti yilni esa qattiq tartibli jazoni ijro etish koloniyasida oʻtaydi.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Avvalroq Namangan viloyatida yashovchi shaxs terrorchilarni yollash va moliyalashtirish uchun 15 yilga hukm qilingan edi.

