Mahalliy

Moped va skuter uchun nega haydovchilik guvohnomasi zarurligi tushuntirildi

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati rahbari Zoir Yoʻldoshevning taʼkidlashicha, yoʻl-transport hodisalari va qoidabuzarliklar statistikasi bu turdagi transport vositalari bilan bogʻliq xavflar ortib borayotganini koʻrsatmoqda. Bu esa xavfsizlik talablarini kuchaytirish zaruratini yuzaga keltirgan.

Moped va skuter uchun haydovchilik guvohnomasi nega kerakligi izohlandi

Moped, skuter va boshqa kichik hajmli mototransport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinishi bejiz emas. Yoʻl-transport hodisalari hamda qoidabuzarliklar statistikasi bu turdagi transport vositalari bilan bogʻliq xavflar ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati rahbari Zoir Yoʻldoshev maʼlumot berdi.

Uning aytishicha, 2026-yilning dastlabki 9 oyida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Natijada 488 kishi tan jarohati olgan, 89 kishi vafot etgan.

Qoidabuzarliklar soni ham keskin oshgan. 2025-yil davomida moped va skuter haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq qariyb 300 ta holat aniqlangan bo‘lsa, 2026-yilning oʻtgan davrida bu ko‘rsatkich 4312 taga yetgan.

Shuningdek, 162 ta holatda haydovchilar moped yoki skuterni ham tegishli hujjatlarsiz, ham mast holatda boshqargani aniqlangan.

Zoir Yoʻldoshevning taʼkidlashicha, keltirilgan raqamlar moped, skuter va boshqa kichik hajmli mototransport vositalarini boshqarishda xavfsizlik talablarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.