Mobiuz Samarkand Marathon 2026 bosh hamkoriga aylandi
2026-yilning 7-8-noyabr kunlari Samarqandda yilning eng yirik sport tadbirlaridan biri — Samarkand Marathon 2026 bo‘lib

Mobiuz Samarkand Marathon 2026 bosh hamkoriga aylandi
2026-yil 7-8-noyabr kunlari Samarqandda yilning eng yirik sport tadbirlaridan biri — Samarkand Marathon 2026 bo‘lib o‘tadi. Mobiuz ushbu keng ko‘lamli sport bayramining texnologik ta’minotini o‘z zimmasiga olib, tadbirning bosh hamkori sifatida ishtirok etmoqda.
Samarkand Marathon allaqachon oddiy sport musobaqasi chegarasidan chiqib, yirik madaniy va sayyohlik harakatiga aylangan. Samarqandning tarixiy markazi jahon me’moriy merosi fonida o‘z kuchini sinab ko‘rishga oshiqayotgan professional sportchilar, yugurish ishqibozlari, ko‘ngillilar va sayohatchilarni yana bir bor o‘z bag‘riga chorlaydi.
Ushbu hamkorlik zamirida Mobiuzning «Innovatsiyalar bilan aloqa» degan o‘zgarmas shiori yotadi. Mobiuz texnik xizmatlari barqaror mobil aloqa va yuqori tezlikdagi internetni ta’minlaydi. Bu esa ishtirokchilarga trassaning o‘zidan o‘z his-tuyg‘ularini bir zumda baham ko‘rish, jonli efirlar uzatish va yaqinlari bilan doimo aloqada bo‘lish imkonini beradi.
Tashkilotchilar shahar mehmonlari va aholisi uchun interfaol dasturga alohida e’tibor qaratishdi. Marafon o‘tkaziladigan kunlarda operatorning maxsus maydonchalari faoliyat yuritadi. U yerda har bir ishtirokchi nafaqat yugurishdan so‘ng dam olishi, balki qiziqarli mashg‘ulotlarda ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
6 va 7-noyabr kunlari EXPO ko‘rgazma hududi soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi, unda tashrif buyuruvchilar Mobiuzning yangi raqamli xizmatlari va loyihalari bilan birinchilardan bo‘lib tanishishlari mumkin. 7 va 8-noyabr kunlari esa start-finish shaharchasida Mobiuzning keng brend-hududi, shuningdek, trassa bo‘ylab marafon ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash nuqtalari ishga tushadi.

