Mirzo Ulugʻbek tumanida BYD va Cobalt toʻqnashdi
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida BYD va Cobalt avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mirzo Ulugʻbek tumanida BYD va Cobalt toʻqnashuvi yuz berdi
20-sentabr kuni soat 21:30 lar atrofida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Mirzo Ulugʻbek va Shukur Burxonov ko‘chalari kesishgan chorrahada ikki avtomobil to‘qnashdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 2004-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi BYD avtomobili 1981-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan Cobalt bilan urilgan.
Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi hamda avtomobillarga yetgan zarar miqdori haqida ma’lumot berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
YHXB haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

