Mirzo Ulugʻbek tumanida 3 oktyabr kuni yetti soatga gaz oʻchiriladi
3 oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi. Soat 10:00 dan 17:00 gacha mutaxassislar diametri 133 mm boʻlgan oʻrta bosimli yer osti gaz quvuri zadvijkasidagi sizib chiqishni bartaraf etadilar. Ishlarni «Mirzo Ulugʻbektumangaz» filialining gaz taʼminoti boʻlimi amalga oshiradi. «Asaka» mahallasidagi 650 ta xususiy xonadonda gaz vaqtinchalik oʻchiriladi. Shuningdek, 22 ta koʻp qavatli uy ham gazsiz qoladi […]

Mirzo Ulugʻbek tumanida 3 oktyabr kuni yetti soatga gaz oʻchiriladi
3 oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.
Soat 10:00 dan 17:00 gacha mutaxassislar diametri 133 mm boʻlgan oʻrta bosimli yer osti gaz quvuri zadvijkasidagi sizib chiqishni bartaraf etadilar. Ishlarni «Mirzoulugʻbektumangaz» filiali gaz taʼminoti boʻlimi amalga oshiradi.
«Asaka» mahallasidagi 650 ta xususiy xonadon vaqtinchalik gazsiz qoladi. Bundan tashqari, 1 056 ta xonadon joylashgan 22 ta koʻp qavatli uyda ham gaz taʼminoti toʻxtatiladi.
Cheklov Asaka, M. Gandi, Salar, Salar-1, 2-tor koʻchasi, Mahatmagandi-1, 2-tor koʻchasi, Tamaraxonim, Pushkin-Pishpek, Darxon va Darxon 1-tor koʻchalariga daxl qiladi.

